«Qizilqum» va «Navbahor» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiya

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Navoiyda ikkinchi davraning ilk uchrashuvi o’tkaziladi. O’yinni tomosha qila olmayotgan muxlislar uchun matnli translyasiyada hozir-u nozirmiz.
– Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
«Девочка, стоп, не надо» degan ashula yangrayotgan ekan «Qizilqum» o’yingohida. Kayfiyat yaxshi, lekin raqs tushishni bilmayman.
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bugun «Qizilqum» oq-qizil, «Navbahor» to’q ko’k rangli libosda harakat qiladi.
Maydondagi to’rt hakam, yigirma ikki futbolchi, zahira o’yinchilari hamda besh mingga yaqin tomoshabin jimjilog’imday keladigan hushtakning uyqudan uyg’onishini kutib, o’yinni boshlamay turibdi. Hushtakjonimizning ovozi chiqdi, o’yin ham start oldi.
3.GOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Boltaboyev uzoq masofadan raqib darvozasini ishg’ol qildi! «Qizilqum» futbolchilari o’yin boshlaganini bilmagandi shekilli.
8.Futbolchilar hakamdan emas, uning cho’ntagidan qo’rqishadi. Hozirgi vaziyatga bosh hakam O’runovga yana bir shunday harakat qilsang, cho’ngatimda senga atalgan sovg’a bor dedi.
10.Davron Hoshimov maydonga tushgan o’yinda kartochka olmasa, kechqurun alahsirab chiqardi. Endi uning ko’ngli xotirjam bo’ldi.
13.»Navbahor» darvozasi tomon penalti belgilandi! Yaxshiboyev Shulaiaga nisbatan jarima maydonchasida qo’pollik ishlatdiyu.
14.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Kenjaboyev 11 metrli nuqtadan raqib darvozasini ishg’ol qildi. Yusupov tarvuzni qo’ltiqlagandek to’pni tutib olmoqchi edi, ammo to’p qaysarlik bilan undan qochib ketdi.
16.Kenjaboyev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam esa hadeb penalti belgilavermayyman-ku dedi.
19.»Qizilqum» posboni jangovar filmlardagi singari tepish bilan jamoadoshi oshirgan to’pni qaytarib yubordi.
21.Kenjaboyev tezkor qarshi hujumda raqib darvozasining peshonasini nishonga oldi.
24.Sanoyevning jarimadan yo’llagan zarbasi poytaxtga yo’l olish uchun aeroport tomon otlandi.
27.Jo’rayevning tepgan to’p darvozani emas,uning ortidagi bannerni ishg’ol qildi.
28.Simonovskining bosh bilan yo’llagan zarbasiga biroz darvoza kaltalik qildi. Tushunmayapman, chempionlik uchun kurashayotgan «Navbahor» ko’k libosda o’ynayaptimi yoki formani almashitirib olishdimi?!
32. Shulaia tepgan to’p raqib posboni bilan birga darvoza ustuniga borib tegdi. «Navbahor»ga g’ayirligim yo’q, shunchaki «Qizilqum» namoyish etayotgan o’yindan juda xursandman.
34.Iskanderovning jarimadan tepgan to’pi «jonli devor»dagilardan birining belini massaj oladigan holga keltirib, Ilyosovga borib tushdi.
36.Babayan Hoshimovga qarata yaxshi gap aytmaganini uning nigohidan bilib olish mumkin.
43.»Qizilqum»ning ketma-ket zarbalariga namanganlik himoyachilarning oyoqlari darvozabonlik qilmoqda.
45. «Qizilqum» darvozasiga penalti belgilandi. Hakam VAR bilan gaplashmoqda.
45+3. Hakamning qarori o’zgarmadi. Yaxshiboyev nuqta yonida.
45+4. Ilyosooooooooooooooooooooooov zarba yo’nalishini topdi!
Birinchi bo’lim yakunlandi!
46.Ikkinchi bo’lim boshlandi. Mehmonlar safida ikki o’zgarish ro’y berdi.
53.Shulaia Ibragimovich kabi bo’yga ega bo’lganida, hisobni o’zgartirgan bo’lardi.
56.Kenjaboyev yugurdi, yugurdi, oxiri maydon tugab qoldi.
57.Ifeanining zarbasiga aniqlik yetishmadi. «Qizilqum»ni ham Osiyo chempionlari ligasiga ham taklif qilib ko’rsa bo’larkan.
60.GOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Tabatadzening pasidan so’ng Yaxshiboyev yaxshi nuqtaga ochildi va yaxshi zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.
63.O’yinning qizg’in palasiga keldik. Janjal boshlandi.
66.Yaxshiboyev o’yindan tashqari holatda raqib darvozasini ishg’ol qildi.
70.»Navbahor»da o’zgarish. Ismoilov Yaxshiboyevni almashtirdi.
76.Tabatadze ogohlantirildi.
79.Abdumannopov qanotdan uzatilgan to’pni darvozaga to’g’rilab qo’ya olmadi.
82. Shulaia tibbiy yordamga muhtoj. Mezbonlarda toliqish alomati yaqqol sezilmoqda. Birinchi bo’limdagi shiddat ko’zga tashlanmayapti.
85. «Qizilqum» futbolchisining jarohati jiddiyga o’xshaydi. Unga yana yordam ko’rsatildi.
90.Ikkinchi bo’limga 4 daqiqa qo’shib berildi.
90+3. Yusupovning to’p bilan hazillashgisi keldi.
Uchrashuv yakunlandi!
Coca Cola Superliga, 14-tur
QIZILQUM – NAVBAHOR 1:2
30 iyul 2023 yil. Navoiy, «Yoshlar» stadioni. 20:00
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Farruh Yansupov
VAR hakami: Naim Qosimov
AVAR: Elnur Doniyorov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Diyor Xotamqulov
Gol: 0:1 — 3, Jamshid Boltaboyev (Temirxo’ja Abduxoliqov), 1:1 — 14, Islom Kenjaboyev, 1:2 — 60, Jasur Yaxshiboyev (Toma Tabatadze)
«Qizilqum»: 35.Javohir Ilyosov, 2.Bagtiyar Gurgenov, 10.Islom Kenjaboyev (30.Islomjon Toshpo’latov, 74), 11.Akaki Shulaia, 13.Nikolay Tarasov, 23.Sherali Jo’rayev (44.Jo’rabek Mannonov, 54), 24.Ifeani Ifeani, 25.Azizbek Usmonov, 77.Giorgi Kuhianidze, 87.Alisher Sanoyev (17.Muhammadali G’iyosov, 74), 92.Marko Simonovski.
Zahira: 16.Dilshod Yo’ldoshev, 22.Artyom Makosin, 4.Ilhom Vahobov, 5.Samandar Shukurillayev, 9.Humoyun Abdualimov, 79.Diyor Rahmatullayev.
«Navbahor»: 1.O’tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo’ldoshev, 7.Oston O’runov (19.Doniyor Abdumannopov, 76), 8.Jasur Yaxshiboyev (17.Abror Ismoilov, 70), 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboyev, 21.Temirxo’ja Abduxoliqov (91.Toma Tabatadze, 46), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov (27.Shahboz Jo’rabekov, 46).
Zahira: 12.Ignatiy Nesterov, 4.Azim Ahmedov, 20.Muzaffar Mo’minov, 31.Luka Chermel, 77.Asadbek Sobirjonov.
Ogohlantirish: Davron Hoshimov (10), Alisher Sanoyev (32), Toma Tabatadze (76).