YANGILIK
«Qizilqum» va «Navbahor» uchrashuviga tashrif buyuring va uyga sovg’a bilan qayting!

Sevimli jamoamiz qisqa tanaffusdan keyin yana Superligadagi o’z yurishini boshlaydi. 30 iyul kuni Navoiydagi «Yoshlar» sport majmuasida Namanganning «Navbahor» jamoasi mehmon bo’ladi. Mazkur bahsga muxlislar tomonidan qiziqish juda yuqori. Shunday ekan aynan shu kuni stadionga muxlislar tashrifi ham har doimgidan boshqacha bo’ladi.
«Qizilqum» PFK rahbariyati muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida «Qizilqum» hamda «Navbahor» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvda yutuqli chiptalarni yo’lga qo’ymoqda. Ya’ni siz uchrashuvga tashrif buyurib chipta olasiz va tasodifiy sovg’a egasiga aylanasiz. Bunday imkoniyatdan foydalanib qoling.