MASHG'ULOT
Qizilqum” Dukentdagi o’quv mashg’ulot yig’inini yakunlandi

Xabaringiz bor «Qizilqum» jamoasi 7 iyuldan boshlab Angrendagi «Yangiobod» sport bazasida ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlagandi. Ikki hafta davom etgan o’quv mashg’ulot yig’inlari kuni kecha o’z nihoyasiga yetdi va jamoamiz a’zolari Navoiyga qaytdi. Ushbu yig’inda vakillarimiz 4 ta o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Yig’in davomida jamoamizga bir nechta yangi futbolchilar kelib qo’shildi va ular ikkinchi davradan jamoamiz sharafini himoya qiladigan bo’ldi.
Bugundan jamoa Navoiyda Superliganing 14-tur uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettiradi.