TRANSFER
XUSH KELIBSAN MARKO!

Marko Simonovskiy — «Qizilqum» jamoasi futbolchisi
Superilganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko’rayotgan «Qizilqum» jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Makedoniya kubogi sohibi, markaziy hujumchi Marko Simonovskiy endilikda jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Marko haqida ma’lumot:
Ism sharifi: Marko Simonovskiy
Tug’ilgan kuni: 02.01.1992 y
Tug’ilgan joyi: Skopye — Makedoniya 🇲🇰
Pozisiyasi: Hujumchi
O’ynagan jamoalari: «Metallurg Skopye» (Makedoniya), «Vardar» (Makedoniya), «Amkar» (Rossiya), «Split» (Xorvatiya), «Jetisu» (Qozog’iston), «Shaxtyor» (Qozog’iston), «Laxti» (Finlandiya), «Volontari» (Ruminya), «Shepshi» (Ruminya), «Drita» (Kosovo).