NAZORAT UCHRASHUVI

Nazorat uchrashuvi. «Qizilqum» 1:1 «Xorazm»

Bugun Olmaliqdagi «Metallurg» stadionida mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko’rayotgan jamoamiz vakillari ikkinchi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazishdi. Bu safargi raqib Xorazm jamoasi bo’ldi. Qiziqarli va kurashlarga boy o’tgan bahsda jangovor durang qayd etildi. Uchrashuvda jamoamiz tarkibida Alisher Sanoyev o’z hisobiga gol yozdirib qo’ydi. Undan tashqari ushbu o’yinda jamoamiz tarkibiga yaqindagina kelib qo’shilgan futbolchilar ham debyut uchrashuvlarini o’tkazishdi.

O’rtoqlik uchrashuvi

«Metallurg» stadioni

«Qizilqum» 1:1 «Xorazm» 

Gol: A. Sanoyev — U. Sharipov

«Qizilqum»: Javohir Ilyosov, Samandar Shukrullayev, Nikolay Tarasov, Baxtiyor Gurgenov, Sherali Jo’rayev, Islomjon Toshpo’latov, Ifeaniy Ifeaniy, Giorgi Kuxianidze, Islom Kenjaboyev, Marko Simonoviskiy, Akaki Shulaya.

Related Articles

Back to top button