TRANSFER
Muxammadali Gʻiyosov — «Qizilqum» futbolchisi

Superilganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Toshkentning «Olimpik» jamoasida yorqin o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan yosh va umidli yarimhimoyachi Muxammadali Gʻiyosov ijara asosida mavsum so‘ngiga qadar «Qizilqum» sharafini himoya qiladi.
Muxammadali Gʻiyosov haqida ma’lumot:
Tug‘ilgan kuni: 30.08.2002 y
Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston
Pozitsiyasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: «Olimpik» (Toshkent).
XUSH KELIBSAN Muxammadali!