TRANSFER
Akaki Shulaya — «Qizilqum» jamoasi futbolchisi

Superliganing ikkinchi davrasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan «Qizilqum» jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
Gruziya chempioni hamda kubogi sohibi hisoblangan, gruziyalik yarim himoyachi Akaki Shulaya endilikda jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Akaki Shulaya haqida ma’lumot:
Ismi: Akaki Shulaya
Tug‘ilgan kuni: 06.09.1996 y
Tug‘ilgan joyi: Martvili — Gruziya
Pozitsiyasi: O‘ng qanot yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: «Merani Martvili» (Gruziya), «Sxinval» (Gruziya), «Sioni» (Gruziya), «Dinamo Tbilisi» (Gruziya), «Saburtalo» (Gruziya), «Torpeda Kutaisi» (Gruziya)
XUSH KELIBSAN AKAKI!