BOSH MURABBIY JAMSHID SAIDOV

Bugun Coca Cola Superligasining qoldirilgan 8-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Bunyodkor»  uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid SAIDOV matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

– Birinchi navbatda yigitlarga rahmat demoqchiman. Ular berilgan topshiriq va vazifani a’lo darajada bajarishdi. Gʻalaba qozonganimizdan mamnunman. 7 iyulda Dukentda ikki haftalik yig‘in boshlaymiz. Jamoani yaxshi tayyorlashga harakat qilamiz. Yangi o‘yinchilar qo‘shilishadi. Ikkinchi davrada esa oxirigacha harakat qilamiz.

– «Qizilqum» jamoasiga kelishingiz bilan jamoa taktikasida birinchi qanday o‘zgarishni amalga oshirdingiz?

– Birinchi navbatda jamoa sifatida birlashdik. Taktika masalasida ham o‘zgarishlar qildik. Raqiblarni o‘rgandik, harakat qildik. Yigitlar berilgan ko‘rsatmalarni zo‘r bajarmoqda.

– Ikkinchi davrada qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

– Tarkibda yangilanishlar bo‘ladi. Buni aytib o‘tdim. Tarkibda ham, o‘yin uslubida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Ikkinchi davra qiziqroq bo‘ladi. Katta rahmat.

Related Articles

Back to top button