NAVBATDAGI UCHRASHUV

Uchrashuvga start berildi

3 – Kenjaboyev Xolto‘rayevni oldinga chorlagan edi, ammo hujumchi o‘yindan tashqari holatda ekan.

5 – Zarbaaa, bellashuvdagi birinchi aniq zarbani mezbonlar berishdi. Islom Kenjaboyev chapdan zarba berdi va Sultonov o‘z joyida.

6 – Penalti! Jasur Yoqubov orqaga ketayotgan Xolto‘rayevni tepdi va Asimov 11 metrlikni ko‘rsatdi.

7 – Zarbaaa va Suhrob Sultonov o‘zini ko‘rsatmoqda yana bir bor. Kenjaboyevning zarbasini posbon qaytardi. Bu mavsum darvozabon ko‘p bor jamoasini qutqarmoqda.

15 – «Bunyodkor» jamoasi to‘p nazoratini va o‘yinni o‘z qo‘liga olishga urinmoqda.

17 – Kenjaboyevning jarima maydonchasiga uzatgan to‘piga sheriklari yeta olishmadi.

21 – Zarbaa, S.Izzatovning jarimadan bergan zarbasini Ilyosov qaytardi.

Hozircha o‘yin qahramoni bo‘lib turgan futbolchi bu – Suhrob Sultonov.

36 – Zarbaaa, Doniyor Abdumannopovning 25 metrlardan tepgan kuchli va aniq zarbasini J.Ilyosov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

38 – GOOOLLL!!! Islom Kenjaboyev hisobni ochmoqda. Vinger chap qanotdan ajoyib reydni amalga oshirdi va hammani dog‘da qoldirib ketdi – 1:0.

42 – Bosh hakam VARni eshitdi va mehmonlar darvozasiga ikkinchi marta penalti belgilamaslikka qaror qildi.

Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi.

45+3 – Zarbaaa, D.Abdumannopovning zarbasidan keyin darvozaga kirib ketayotgan to‘pni S.Shukurullayev qaytardi.

Tanaffus!

2-bo‘limga start berildi. «Bunyodkor» safida Davron Ergashev o‘rniga Akbar Ismatullayev tushirildi.

49 – Zarbaaa, Shohrux Abdurahmonovning zarbasini darvoza to‘sini qaytardi.

50 – Yana penalti, yana Kenjaboyev ishladi va yana Jasur Yoqubov jamoasiga penalti olib kelyapti. Bugun mehmonlar markaziy himoyachisi ikkita xavf yo‘q joyda darvozasiga 11 metrlik olib kelyapti.

53 – Bosh hakam VARni eshitdi va nsqtani ko‘rsatdi.

53 – GOOOLLL!!! Islom Toshpo‘latov penaltidan Sultonovni dog‘da qoldira oldi – 2:0.

58 – O‘zgarishlar: «Bunyodkor» safida 2ta penalti olib kelgan J.Yoqubov o‘rniga Ahmadjon Anvarov, Sh.Abdurahmonov o‘rniga esa M.Mahamadjonov tushdi.

66 – Yana penalti, bu safar «Qizilqum» darvozasiga. Azizbek Usmonov A.Anvarovni tepdi. Uchrashuvdagi uchinchi 11 metrlik. Asimov VARdagilarni eshitdi va fikri o‘zgarmadi.

69 – Gol yo‘q, Rasul Yo‘ldoshev penaltidan noaniq zarba berdi.

73 – O‘zgarish: Mezbonlarda J.Xolto‘rayev o‘rniga I.Vahobov tushdi.

75 – O‘zgarish: Mehmonlar safida D.Abdumannopov o‘rniga Umid Sultonov tushdi.

76 – O‘zgarish: Mehmonlar safida R.Yo‘ldoshev o‘rniga M.Qahramonov tushdi.

82 – O‘zgarish: Mezbonlar safida ikkinchi gol muallifi I.Toshpo‘latov o‘rniga M.Rahmatov tushdi.

88 – Zarbaaa, A.Ismatullayevning kuchli va aniq zarbasini J.Ilyosov qaytara oldi, chiroyli seyv.

90 – A.Anvarovning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga 8 daqiqa qo‘shib berildi.

90+5 – Zarbaaa, M.Rahmatov birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi. Sultonov o‘zini ko‘rsatdi.

90+8 – Mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidovga sariq kartochka ko‘rsatildi.

90+10 – O‘zgarish: I.kenjaboyev o‘rniga A.Muzaffarov tushirildi.

Uchrashuv yakunlandi.

0:2 Tugadi.

30.06.2023. 20:00

Superliga. 8-tur.

Islom Kenjaboyev – 38′, Islom Toshpo‘latov – 53

Qizilqum MATNLI TRANSLYASIYA

Ogohlantirish: J.Saidov 90+8 (maydon tashqarisida).

Zahira: 71.Sarvar Karimov, 29.Muzaffar Olimjonov, 39.Aleksandr Zevadinov, 57.Amir To‘raqulov.

«Bunyodkor»: 32.Suhrobjon Sultonov, 2.Aleksey Nosko, 4.Davronjon Ergashev (7.Akbar Ismatullayev, 46), 5.Jasurbek Yoqubov (14.Ahmadjon Anvarov, 58), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 8.Shohruh Abdurahmonov (3.Mahmud Mahamadjonov, 58), 10.Rasul Yo‘ldoshev (37.Muhammadodil Qahramonov, 76), 22.Usmonali Ismonaliyev, 33.Doniyor Abdumannopov (99.Umidbek Sultonov, 75), 34.Suhrob Izzatov, 88.Jahongir O‘rozov.

Zahira: 22.Artyom Makosin, 7. Davron Anvarov, 15.Asadbek Nizomov, 27.Murodali Usmonov, 33.Sultonbek Rahmatov, 38.Gʻiyosjon Rizaqulov.

«Qizilqum»: 35.Javohir Ilyosov, 5.Samandar Shukurillayev, 10.Islom Kenjaboyev (28.Akmaljon Muzaffarov, 90+10), 11.Jasur Xolto‘rayev (4.Ilhomjon Vahobov, 73), 13.Nikolay Tarasov, 23.Sherali Jo‘rayev, 24.Ifeani Ifeani, 25.Azizbek Usmonov, 30.Islomjon Toshpo‘latov (6.Murodbek Rahmatov, 82), 79.Diyor Rahmatilloyev, 87.Alisher Sanoyev.

Komissar: Davron Ibrohimov.

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev.

AVAR: Akmal Gʻiyosov.

VAR hakami: Ilya Ilin.

Hakamlar: Aziz Asimov, Husniddin Bahodirov, Dilshod Jumaniyozov, Yerlan Nurjanov.

Amalga oshirilmagan penaltilar: I.Kenjaboyev 7 – R.Yo‘ldoshev 69

Gollar: I.Kenjaboyev (I.Ifeanyi) 38, I.Toshpo‘latov (pen.) 53.

«Qizilqum» – «Bunyodkor» 2:0.

30.06.2023, 20:00.

Superliga, 8-tur

Related Articles

Back to top button