BOSH MURABBIY JAMSHID SAIDOV
Coca Cola Superligasining 13-turi doirasida «Turon»ga qarshi o’yindan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Jamshid Saidov o’z fikrlarini bildirib o’tdi

– Ilk navbatda yigitlarimga rahmat aytaman. Ular o‘zlaridagi xohish, ishtiyoqni namoyon qila olishdi. Ha, bir qancha vaziyatlarimiz bo‘ldi, biroq undan foydalana olmadik. Biroq jamoa o‘yin oldin berilgan ko‘rsatmalarga mos harakat qilishdi va berilgan vazifalarni bajarishdi.
– Jamoani yaqinda qabul qilib oldingiz. «Qizilqum» tarkibida ikkinchi davrada qanday o‘zgarishlar amalga oshirasiz?
– Kelganimga endigina 2 kun bo‘ldi. Albatta, yozgi transferlar oynasi vaqtida seleksiya ishlarini olib boramiz. O‘zgarishlar bo‘ladi. Ikkinchi davrada ligada qolish uchun jiddiy kurash olib boramiz. Oldimizga juda jiddiy vazifalar qo‘yilgan va biz buni bajarish uchun maksimal ravishda harakat qilamiz.