YANGILIK
Jamshid Saidov — «Qizilqum» jamoasi bosh murabbiyi

Superliganing navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Qizilqum» jamoasida bosh murabbiy almashdi. Ushbu lavozimda endilikda Jamshid Saidov faoliyat yuritadi. Shu kunga qadar bosh murabbiy bo‘lib ishlab kelayotgan Tachmurad Agamurodov jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyatini davom ettiradi. Yangi bosh murabbiyga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!
Jamshid Saidov haqida:
Tug‘ilgan kuni: 14.02.1978
Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston — Buxoro
Faoliyat yuritgan jamoalari: «Buxoro» (bosh murabbiy), «Lokomotiv» (yordamchi murabbiy).