TABRIK
Sherzod Tashevni tabriklaymiz!

Bugun jamoamizning ko‘p yillik va tajribali xodimi, ta’bir joiz bo‘lsa jamoamiz «motori», ma’mur Sherzod Tashev o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Fursatdan foydalanib Sherzod Tashevni bugungi qutlug‘ kun bilan «Qizilqum» PFK ahil oilasi tabriklab qoladi. Sizga uzoq umr va sihat salomatlik tilaymiz. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Kasbiy faoliyatingizda jamoamiz bilan zafarli onlarni birga nishonlash doimo nasib etsin. Umringiz uzoq bo‘lsin!.