BOSH MURABBIY TACHMURAD AGAMURADOV
«Qizilqum» – «Neftchi» o‘rtasidagi Superliganing 12-tur o‘yinidan (1:1) so‘ng jamoamiz ustozi Tachmurad Agamurodov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tachmurad Agamurodov: «O‘yin biz uchun og‘ir o‘tdi. Tarkibda yo‘qotishlar bor edi. Payqagan bo‘lsangiz, zaxirada yoshlar jamoasi vakillari o‘tirgandi. Bahs chempionatning yetakchilaridan biriga qarshi bo‘ldi. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. «Qizilqum»ning hozirgi holatini hisobga olsak, bu ochko g‘alabaga teng. Ushbu durang jamoaga ishonch beradi.
– «Qizilqum»da 3 nafar yo‘qotish bo‘lishiga qaramay, yaxshi o‘yin namoyish etdi. Jamoaning keyingi rejalari haqida gapirib bera olasizmi?
– Biz «Qizilqum» Superligada qolishi uchun hamma ishni qilamiz. Birinchi davradan so‘ng tarkibni futbolchilar bilan kuchaytirmoqchimiz. Jamoa xavfli zonadan chiqib, teparoq o‘rinni egallashiga harakat qilamiz.