TRANSLYATSIYA

«Qizilqum» – «Neftchi» matnli translyatsiya

1. O‘YIN BOSHLANDI!

15. «Neftchi» safarda o‘ynayotgan bo‘lsa ham tashabbusga ega bo‘lmoqda va ko‘proq hujumga o‘tmoqda.

16. PENALTI! «Qizilqum» darvozasi tomon! Toshpo‘latov Tabatadzeni yiqitdi.

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TOMA TABATADZE! Gruziyalik hujumchi penaltidan gol urdi – 0:1.

20. Burchakdan uzatilgan to‘pni Larin darvozaga yo‘lladi, himoyachi xavfni bartaraf etdi.

24. O‘zgarish. «Qizilqum». Mamatxo‘jayev o‘rniga Xolto‘rayev tushdi.

26. UXXXX! O‘ng qanotdan Gʻulomov to‘pni uzatdi, to‘p Tabatadzega tegib maydonni tark etdi!

31. Ogohlantirish. «Neftchi». Mirzohid Gʻofurov.

40. UXXXXX! Ulug‘bek Hoshimov hozir birga bir vaziyatda zarba berdi, to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi!

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISLOM TOSHPO‘LATOV! 1:1.

Jarima to‘pidan ajoyib gol urdi Toshpo‘latov!

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo‘shildi.

45+1. ZARBA!!! Islom Kenjaboyevning zarbasidan keyin Nazarov to‘pni ushlab oldi!

45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1

46. Ikkinchi bo‘lim boshlandi!

55. «Qizilqum» jarima zarbasini amalga oshirdi, vaziyat xavfli tus olmadi.

57. Navoiyliklar futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, o‘yin biroz to‘xtab qoldi.

64. Farg‘onaliklar to‘p nazoratini o‘z qo‘llariga olishgan. Jamoa hujum uyushtirishga intilmoqda, biroq «Qizilqum» himoyachilari to‘pni qaytarib yuborishyapti.

73. «Neftchi» 2 daqiqa ichida ko‘p bora hujum uyushtirishga harakat qildi, biroq navoiylik himoyachilar bunga yo‘l qo‘yishmadi.

78. Farg‘onalik futbolchining darvoza tomon tepgan to‘pi noaniq bo‘ldi.

83. Mehmonlar juda ham faol maydonda. Tobora golning «isi» kelmoqda.

85. Fozil Musayevning darvoza tomon yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo‘shib berildi.

90+1. «Qizilqum» futbolchisi maydonga yotib oldi. Hakam undan hol-ahvol so‘ramoqda, o‘yin biroz to‘xtadi. Umuman olganda bunday holatlar uchrashuv davomida ko‘p bora sodir bo‘ldi.

90+5. Abbos Gʻulomovning jarima maydonchasi ichidan darvoza tomon yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi… Ajoyib vaziyat ko‘kka sovurildi.

90+6. «Neftchi» yana hujumlar uyushtirishda davom etmoqda. Burchak zarbasi ishlab olindi.

90+7. Uchrashuv yakunlandi!

Back to top button