«Qizilqum» VS «Neftchi» – prevyu

Sevimli «Qizilqum» jamoamiz superliganing 12-tur uchrashuvini Navoiyda «Neftchi» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda o‘zaro 42 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 12 tasida vakillarimizning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 22 ta o‘yinda «Neftchi» jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 8 uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan. To‘plar nisbati esa 40—65. «Neftchi» jamoasi foydasiga.
«Qizilqum» jamoasining o‘zaro uchrashuvlar tarixidagi eng yirik g‘alabasi 2002 yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lib, o‘shanda «konchilar» raqibni 4:1 hisobida mag‘lub etishgan.
«Qizilqum» va «Neftchi» jamoalarining so‘nggi 5 uchrashuv natijalari:
«Neftchi» 2:1 «Qizilqum»
«Qizilqum» 3:0 «Neftchi»
«Qizilqum» 1:1 «Neftchi»
«Neftchi» 3:1 «Qizilqum»
«Neftchi» 0:1 «Qizilqum»