YANGILIK
“Qizilqum” murabbiylar shtabida oʻzgarish

Xabaringiz bor, joriy mavsumni jamoamiz qashqadaryolik mutaxassis Asror Aliqulov boshchiligida boshlagan edi.
Bosh murabbiyning arizasiga koʻra, Asror Aliqulov bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. “Qizilqum” klubi Asror Choriyevichga minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatiga omad tilaydi.
Navoiylik muxlislariga yaxshi tanish boʻlgan turkmanistonlik mutaxassis Tachmurad Agamuradov jamoa bosh murabbiy vazifasi bajaruvchi etib tayinlandi.