OKMK — “Qizilqum” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiya

1. OʻYIN BOSHLANDI!
10. ZARBA! Siyavash Haqnazariyning uzoqdan yoʻllagan zarbasi noaniq chiqdi.
19. Martin Boakye gol urdi, ammo hakamlar oʻyindan tashqari holat tufayli gol inobatga olinmadi.
PENALTI! “Qizilqum” darvozasi tomon! Ilyosov Siyavashni yiqitdi.
23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sanjar Tursunov penaltidan adashmadi! 1:0
35. Uchrashuvdan oldingi yoqimli rasm. “Qizilqum”da ish boshlagan tajribali murabbiy Tachmurad Agamurodov sobiq shogirdlaridan biri Mirjalol Qosimov bilan koʻrishmoqda
42. Xavfli vaziyat! “Qizilqum”ning hujumi, Toshpoʻlatovning jarima maydoni markaziga uzatgan toʻpini Rahmonov qaytardi, aks holda Mbaoma zarba berishga tayyor edi!
43. ZARBAAA! Burchak toʻpidan keyin Tarasov boshi bilan zarba berdi, Botirali Ergashev oʻz oʻrnida!
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qoʻshildi.
45+2. Birinchi taym yakuniga yetdi, hozircha 1:0.
46. Ikkinchi taym boshlandi.
50. ZARBAA! Gʻiyosovning kuchli zarbasidan keyin Ilyosov toʻpni qaytardi!
51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Shohruh Gadoyev! Haqnazariyning toʻp uzatishidan keyin Gadoyev gol urdi! 2:0.
56. Ogohlantirish. “Qizilqum”. Islom Toshpoʻlatov.
60. Tursunov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yoʻlladi va biroz noaniq.
64. Oʻzgarish. “Qizilqum”. Nurmatov oʻrniga Rahmatilloyev tushdi.
64. Qiziq holat! Asror Aliqulov Kenjaboyevni oʻrniga Anvarovni tushirmoqchi boʻldi, ammo Islom bosh murabbiyning qaroriga qarshi chiqdi va maydonda qoldi.
70. Ogohlantirish. “Qizilqum”. Alisher Sanoyev.
71. Oʻzgarish. “Qizilqum”. Sherali Joʻrayev oʻrniga Anvarov tushdi.
74. Oʻzgarishlar. OKMK. Tursunov, Abdullayev va Boake oʻrniga Qosimov, Rustamov va Mirahmadov tushdi.
78. Oʻzgarishlar. “Qizilqum”. Mbaoma va Sanoyev oʻrniga Xoltoʻrayev va Abdualimov tushdi.
80. ChETLATISH! Azizbek Usmonov oʻz jarima maydoni ichida toʻpni qoʻli bilan oʻynagani uchun!
81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xurshid Gʻiyosov penaltidan gol urdi 3:0.
85. Oʻzgarish. OKMK. Siyavash oʻrniga Ruben Sanches tushdi.
89. Oʻzgarish. OKMK. Gadoyev oʻrniga Hasanov tushdi.
90. Uchrashuvga 3 daqiqa qoʻshildi.
90+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ruben Sanches boshi bilan gol urdi 4:0!
90+3. Oʻyin tugadi! OKMK – “Qizilqum” 4:0.