NAVBATDAGI UCHRASHUV
“Qizilqum” jamoasi superliganing 9-tur uchrashuvini Toshkentda OKMK jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda oʻzaro 32 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 13 tasida vakillarimizning qoʻli baland kelgan boʻlsa, yana 14 ta oʻyinda OKMK jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 5 uchrashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlagan. Toʻplar nisbati esa 53—44. OKMK jamoasi foydasiga.
“Qizilqum” jamoasining oʻzaro uchrashuvlar tarixidagi eng yirik gʻalabasi 2018-yilda qoʻlga kiritilgan boʻlib, oʻshanda “konchilar” raqibni 3:0 hisobida magʻlub etishgan.
OKMK va “Qizilqum” jamoalarining soʻnggi 5 uchrashuv natijalari:
OKMK 0:1 “Qizilqum”
“Qizilqum” 1:4 OKMK
“Qizilqum” 0:0 OKMK
OKMK 1:2 “Qizilqum”
OKMK 2:1 “Qizilqum”