«So’g’diyona» – «Qizilqum» jamoalari o’rtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiya
1. OʻYIN BOSHLANDI!
3. ZARBA! “Soʻgʻdiyona”ning hujumi, chap tomondagi tajribali Jasur Hasanov jarima maydoni ichiga kirmay zarba berdi, toʻp darvoza ustidan oʻtib ketdi!
11. ZARBA! “Qizilqum”ning hujumi, Kenjaboyevning uzatmasidan keyin tajribali Sherali Joʻrayev ham uzoqdan zarba berdi, bu safar ham toʻp darvoza ustidan ketdi!
14. PENALTI! “Qizilqum” darvozasi tomon! Bosh hakam Javohir Ilyosov Javohir Qahramonovni yiqitdi deb topdi.
15. Toʻqnashuv vaqtida Ilyosov qoʻlidan jarohat olgan shekilli, unga shifokorlar yordam berishmoqda.
17. ZARBAAAA! Qahramonovning zarbasidan keyin Ilyosov qahramonga aylandi! Seyv! Penaltini qaytardi Ilyosov!
18. UXX! Burchak toʻpidan keyin Kolakovich noaniq zarba berdi!
25. Yana “Soʻgʻdiyona”da burchak toʻpi, bu safar ham Kolakovich toʻpga yeta olmadi.
28. ZARBA! Islom Kenjabovning zarbasi noaniq ketdi.
29. Ogohlantirish. “Qizilqum”. Murodbek Rahmatov.
31. ChETLATISH! “Qizilqum”. Murodbek Rahmatov! Uch daqiqa ichida ikki marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi!
36. Ogohlantirish. “Soʻgʻdiyona”. Sanjar Shoahmedov.
44. ZARBA! Jasur Hasanov bu safar oʻng tomondan zarba berdi, Ilyosov oʻz oʻrnida!
45. Birinchi taymga 3 daqiqa qoʻshildi.
45+2. Zarba! Shoahmedovning zarbasi noaniq va kuchsiz chiqdi.
45+3. Voqealarga boy boʻlgan birinchi taym tugadi.
46. Ikkinchi taym boshlandi.
49. ZARBA! Ilhom Vahobov belgilangan jarima toʻpini amalga oshirdi, noaniq.
50. ZARBAAAAA! Qahramonovning oʻng tomondan uzatgan toʻpini Zaymovich boshi bilan zarba berdi, Ilyosovdan ajoyib seyv!
52. ZARBAA! Jasur Hasanov jarima toʻpini amalga oshirdi, Ilyosov toʻpni ushlab oldi!
53. Ogohlantirish. “Qizilqum”. Sherali Joʻrayev.
54. Burchak toʻpidan keyin Qahramonov boshi bilan zarba berdi, toʻp ustunga tegib, keyin Ilyosovga tegib maydonni tark etdi.
55. ZARBA! Zaymovich boshi bilan zarba berdi, Ilyosov yana oʻz oʻrnida!
57. ZARBA! Hislat Halilov jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berdi, yana oʻsha Ilyosovdan seyv!
59. “Soʻgʻdiyona” tinimsiz hujum qilmoqda, ammo gol ura olmayapti.
71. Oʻzgarishlar. “Soʻgʻdiyona”. Orifov va Halilov oʻrniga Yuldashev va Nasriddinov tushdi.
72. Oʻzgarish. “Qizilqum”. Xoltoʻrayev oʻrniga Tolmasov tushdi.
73. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! ZENAN ZAYMOVICH! 1:0. Hozirgina maydonga tushgan Nasriddinov oʻng qanotdan uzatgan toʻpini Zaymovich boshi bilan darvozaga yoʻlladi!
78. Oʻzgarishlar. “Soʻgʻdiyona”. Abdumutalov va Hasanov oʻrniga Shaykulov va Abdullayev tushdi.
82. Oʻzgarishlar. “Qizilqum”. Kenjaboyev va Joʻrayev oʻrniga Mbaoma va Toshpoʻlatov tushdi.
84. Ogohlantirish. “Soʻgʻdiyona”. Daniel Nasriddinov.
90. Uchrashuvga 5 daqiqa qoʻshildi.
90+1. Oʻzgarish. “Soʻgʻdiyona”. Shoahmedov oʻrniga Nomanov tushdi.
90+5. Bosh hakam VARga murojaat qilmoqda, Ifeani qizil oladi shekilli.
90+6. ChETLATISH! Ifeani ikkinchi marta sariq oldi va maydonni tark etdi.
90+8. Oʻyin tugadi. “Soʻgʻdiyona” – “Qizilqum” 1:0