YANGILIK

Jamoamizning ashaddiy muxlislari diqqatiga

Xabaringiz bor, Superliga navbatdagi 7-turi doirasida jamoamiz Zominda “Soʻgʻdiyona” jamoasi mehmoni boʻladi.

Klubimiz rahbariyati muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ertangi oʻyinni stadiondan jonli tarzda kuzatish uchun Navoiy – Zomin-Navoiy yoʻnalishi boʻyicha avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Ashaddiy muxlislarimizni jamoamizni qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz.

Avtobuslar 22-aprel kuni soat 9:00 da Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasi avtoturargohidan joʻnab ketadi!

Related Articles

Back to top button