BOSH MURABBIY ASROR ALIQULOVYANGILIK

Oʻzbekiston Kubogi guruh bosqichidagi dastlabki bahsda “Qizilqum” Samarqandda “Dinamo”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

– Bugungi oʻyinga keladigan boʻlsak, Oʻzbekiston Kubogi doirasida birinchi uchrashuv boʻldi. Koʻproq oʻzizmizni oʻyinga eʼtibor qaratdik. Yetarli imkoniyat berilmayotgan futbolchilar va U21 jamoasidan oʻyinchilarni jalb qildik. Birinchi boʻlimda futbolchilarimiz yaxshi oʻynashdi. Ikkinchi boʻlimda ozgina sustkashlikka yoʻl qoʻydik hamda darvozamidan toʻp oʻtkazib yubordik. Yana “Dinamo”ga vaziyatlar yaratishiga imkon berdik. Oʻyin oxiriga yaqin tarkibda oʻzgarishlar kiritdik. Futbolchilar harakat qildi. Boya taʼkidlab oʻtganimdek, ayrim futbolchilar U21 jamoasidan olingan va zaxirada qolayotganlarga ham imkoniyat berdik. Oʻyin tomonlama yigitlarga hech qanaqa eʼtirozimiz yoʻq.

– Oʻtgan yili ham “Dinamo”ga qarshi oʻynagansiz. Mutaxassis sifatida jamoaning shakllanganini sezdingizmi?

– “Dinamo” bekorga pro ligada lider emas. Oʻyin tomonlama ham yaxshi va futbolchilarning saviyasi ham baland. Bu yil “Dinamo” ancha kuchli tarkibga ega. Jamoa mazmunli oʻyiniga ega.

– Chetdan qaraganda jamoangiz har tarkib, ham oʻyin jihatidan 4 kundan keyin boʻladigan Superliga oʻyiniga tayyorgarlik koʻrgandek tuyuldi.

– Bu toʻgʻri fikr. Bizda kartochkalar masalasi bor va futbolchilarni rotatsiya borasida ham koʻp oʻzgartira olmayapmiz. Tarkib tomonlama kamchiligimiz bor. Kartochkalar tufayli yigitlarimiz bir qator uchrashuvlarni oʻtkazib yubordilar. Baribir fikru, hayolimiz Superligadagi keyingi oʻyinga qaratilgan.

Related Articles

Back to top button