BOSH MURABBIY ASROR ALIQULOVYANGILIK

Surxon“ga qarshi Superliganing 6-tur bahsidan soʻng (0:0) jamoamiz murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Asror Aliqulov: ”Bugun yaxshi oʻyin koʻrsata olmadik. Toʻp nazorati koʻpincha raqib tomonda boʻldi. Agressivlik yetishmadi. Tez oʻynash boʻyicha koʻrsatma bergandik, ammo yigitlar buni uddalay olishmadi.

– Durang adolatli natijami?

– Shunday. Biroq har qanday xato qimmatga tushishi mumkin edi. Shu sababli bahs oxirigacha bosimda boʻldik.

– Jasur Xoltoʻrayev asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Bu taktik yurishmi yoki unda jarohat bormi?

– Ha, unda kichik shikastlanish bor edi. Taktikada ham oʻzgarish boʻldi. Qanotlardan uzatmalarni koʻpaytirdik, ammo oʻylaganimizdek hujumlarni tashkil eta olmadik.

– Sodiqovning oʻyinidan qoniqdingizmi?

– Yoʻq, qoniqmadim. Navbatdagi bahslarda oʻzini koʻrsatadi deb umid qilaman.

– “Qizilqum” uchta oʻyindan beri birinchi boʻlimda maydonda sayr qilayotgandek tuyilmoqda.

– Jamoamizda yoshi katta futbolchilar koʻp, ularga tushintirishga harakat qilyapmiz. Bu koʻproq futbolchilarning oʻziga bogʻliq. Ular oʻz familiyasi uchun harakat qilishi lozim.

– Oʻyinlarni bu vaqtga qoʻyish toʻgʻrimi? Baʼzi murabbiylar bahslar 19:00dan keyin boʻlsa yaxshi edi deb aytishmoqda.

– Bu haqida koʻp gapirmoqchi emasman. Roʻza tutib, futbol oʻynash qiyin. Vaqtni PFL belgilaydi. Hamma shunday oʻynayapti. Futbolchilar oʻz vazifasini professionallardek ado etishni xohlar edim.

– Oʻrinbosarlar tarkibida ham yaxshi futbolchilar bormi? Ularga imkoniyat beryapsizmi? Masalan, Diyor Rahmatullayev.

– Diyorning oʻyinidan mamnunmiz. U “Paxtakor”ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Biroq hali yoshligini hisobga olib, tajribaliroq futbolchiga imkoniyat berdik.

Related Articles

Back to top button