PREVYU
“Qizilqum” VS “Surxon” : prevyu
Sevimli “Qizilqum” jamoamiz superliganing 6-tur uchrashuvini Navoiyda “Surxon” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda oʻzaro 18 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 5 tasida vakillarimizning qoʻli baland kelgan boʻlsa, yana 9 ta oʻyinda “Surxon” jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 4 uchrashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlagan. Toʻplar nisbati esa 16—21. “Surxon” jamoasi foydasiga.
“Qizilqum” va “Surxon” jamoalarining soʻnggi 5 uchrashuv natijalari:
“Surxon” 2:0 “Qizilqum”
“Qizilqum” 2:0 “Surxon”
“Surxon” 1:0 “Qizilqum”
“Qizilqum” 1:1 “Surxon”
“Surxon” 0:0 “Qizilqum”