«Nasaf» jamoasi bilan durang o’ynadik
1. Uchrashuvni mezbonlar boshlab berdi.
Ilk daqiqalardan navoiylik muxlislar tomonidan «Vay, vay, vay…» buyog’ini aytmasa ham bo’ladigan taronaning musiqasi ijro etilgan holda qo’llab-quvvatlanmoqda.
6. Mamatxo’jaev hech kimga pas berdi.
9. «Nasaf» futbolchisining burchakdan ijro etgan uzatmasidan so’ng «Qizilqum» himoyachisi hisobni ochishi mumkin edi.
12. «Qizilqum» futbolchisi jarima zarbasini Abduvohid Nematovning qo’liga aniq yo’lladi.
14. Ifeani Bozorovning butsasini kir qilgani sababli «Nasaf» futbolchisi yotib oldi.
17. Hakam Xolto’raevga qarab «Futbolda to’pni tepish mumkin, oyoqni emas», deya eslatib qo’ydi.
17. Oradan bir daqiqa o’tar-o’tmas hakam yana Xolto’raevga qarab «Bratishka, xayoling joyidami, futbolda to’pni tepish mumkin, oyoqni emas», deya ogohlantirdi.
24. Nurmatov raqib futbolchisining boshini to’p bilan adashtirib qo’yishiga bir bahya qoldi.
25. Dastlab «Nasaf» futbolchilarining zarbalari, so’ngra «Qizilqum»ning tezkor qarshi hujumi ajoyib so’ziga qarama-qarshi manodagi ko’rinishni hosil qildi.
28. Hakam raqib jarima maydonida xomush yotgaan Sadullaevdan yaxshi sanatkor chiqishini uqtirgan holda uni taqdirladi.
33. Bugungi bahs hozircha to’qnashuvlar bilangina yodda qolmoqda.
38. SHifokorlarni hakam maydon chetiga chiqarmasa ham bo’lverarkan, televizorda hammadan ko’proq shu kishilar ko’rinyapti.
41. Javohir Sidiqov ham sarg’ayganlar safiga qo’shildi.
Hamkasblarim iftorlik mahali miriqib palovxonto’rani eb o’tiribdi. Birovi non ushatib emoqda. Men esa mazkur bahsga termulgancha pushaymon eb o’tiribman.
43. Samandar SHukurillaev Bozorovni xafa qilgani uchun ogohlantirildi.
44. Mozgovoyning bosh bilan yo’llagan zarbasi mo’ljalga borishi uchun raqib darvozasi Hilton balandligicha bo’lishi lozim.
45. Birinchi bo’limga 2 daqiqa qo’shib berildi. Bozorov esa Mozgovoyning biroz avvalgi natijasini yangiladi.
Tanaffus.
46. Ikkinchi bo’lim boshlandi.
50. Omonovning bosh bilan yo’llagan zarbasidan so’ng to’pning qanoti chiqdi.
54. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Kenjatoy Kenjaboev qarshi hujumda chaqqonlik evaziga o’zi vaziyatni hal qildi!
58. «Nasaf»da o’zgarish: Mateus Lima Suhrob Nurulloev o’rniga maydonga tushirildi.
59. Amonov raqib darvoza to’rini yon tarafdan titratdi.
63. G’aybullaev o’zini xursand qilmaydigan zarba yo’lladi.
66. Kenjaboev Messi bo’lgisi keldi, bosib o’tgan yo’lining yarmiga Messi bo’ldi ham, qolgan yarmida esa «Qizilqum» futbolchisi ekanligi bilinib qoldi.
67. «Qizilqum»da o’zgarish: Azizbek Usmonov SHerali Jo’raevni almashtirdi.
69. Mezbonlarda yana bir o’zgarish: Alisher Sanoev o’rniga Islom Toshpo’latov tushirildi.
72. Oybek Bozorov dastlab bir raqibini, keyin ikkinchisini aldadi, so’ngra to’p Bozorovni aldadi.
74. «Nasaf» tarkibida ikki o’zgarish: Azizbek Amonov o’rniga Bahrom Abdurahimov, Sardor Sadullaev o’rniga Zafarmurod Abdiraxmatov maydonga tushirildi.
77. «Nasaf»ning 77-raqamli futbolchisi 77-daqiqada 77 yoshli futbolchi singari zarba yo’lladi.
81. «Nasaf»da ikki o’zgarish: Jo’rabek Mannonov Javohir Sidiqov bilan, Alibek Davronov SHerzod Nasrullaev bilan o’rin almashdi.
82. «Qizilqum»da o’zgarish: Humoyun Abdualimov Jasur Xolto’raevni almashtirdi.
84. To’p «Nasaf» futbolchilarida… yana «Nasaf» futbolchilarida… Tepdi! Haliyam «Nasaf» futbolchilarida.
86. «Qizilqum» muxlislarini ter bosadigan vaziyat yuzaga keldi. Standart vaziyatda G’aybullaev tomonidan yo’llangan to’p rikoshet hosil qilib, darvoza ustuniga urilib, peshonasini g’urra qilib oldi.
90. «Qizilqum» darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda.
90+4. Penalti! Avazxon Mamatxo’jaev G’aybullaevga nisbatan qoidabuzarlik amalga oshirgani sababli mezbonlar darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.
90+6. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Zafarmurod Abdirahmatov hisobni tenglashtirdi!
UCHRASHUV YAKUNLANDI!